15 oktabr kuni Xitoyning Çengdu şahrida muay-tay böyiça professionallar örtasida ötkazilgan jahon çempionatida 67 kg vazn toifasida samarqandlik xalqaro toifadagi sport ustasi, köp karra jahon çempioni Boburjon Toğayev yarim finalda mezbon sportçisi, finalda esa rossiyalik Dmitriy Grafov ustidan ğalaba qozonib, çempionlik kamarni qölga kiritdi.
Boburjon Toğayev 1993 yil 5 aprelda Samarqand şahrida tuğilgan. Bugungi kunda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti 4-bosqiç talabasi. Sportning muay-tay turi bilan 9 yildan buyon murabbiy Feruz Toşev qöl ostida şahardagi 2-son bolalar va ösmirlar sport maktabida şuğullanib kelmoqda.
U köplab xalqaro sport musobaqalarida ğoliblikni qölga kiritgan. Jumladan, 2010 yilda Bangkok (Tailand)da bölib ötgan yoşlar örtasidagi jahon çempionati, 2014 yil Malayziyaning Langkavi şahrida ötkazilgan jahon çempionatida, 2014 yil Tailandning Pxuket şahrida ötkazilgan Osiyo sohil öyinlarida kattalar örtasida birinçi örinni, 2015 yil Bangkok şahrida muay-tay böyiça ötkazilgan Jahon universiadasi kubogida ğoliblikni qölga kiritgan.













