2017-2019 yillar davrida «Qadimiy Buxoro» turizm zonasini quriş loyihasini amalga oşiriş uçun Buxoro şahridagi Ğijduvon köçasi va «Köhna va boqiy Buxoro» madaniy-ma'rifiy kompleksi oraliğida 10,0 gektar yer maydoni ajratiladi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov imzolagan «Qadimiy Buxoro» turizm zonasini quriş« loyihasini amalga oşirişga doir taşkiliy çora-tadbirlar töğrisida»gi qarorda keltirib ötilgan.

Qarorda aytilişiça, «Qadimiy Buxoro» turizm zonasi hududini arxitektura-rejalaştirişni taşkil etiş loyihasi xalqaro tajribani hisobga olgan holda uç oy muddatda işlab çiqiladi.

Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga va «NBU Bukhara Invest»​ MÇJga Buxoro viloyati bilan kelişgan holda loyihani amalga oşiriş doirasida alohida obektlar qurilişi uçun, şu jumladan sarmoyadorlar iştirokida 100 foizgaça uluşli korxonalar barpo etiş huquqi berildi.

Bundan taşqari, har ikki muassasaga ham obektlarni loyihalaş va qurişga, şu jumladan xorijiy arxitektorlar, muhandislarni jalb qilişga, şuningdek, eng yaxşi takliflarni tanlab oliş asosida tender savdolar ötkazmasdan yoki töğridan-töğri muzokaralar ötkaziş yöli bilan pudrat taşkilotlarini, tovar yetkazib beruvçilarni Prezident huzuridagi Loyihalarni boşqariş milliy agentligi bilan majburiy tartibda kelişib olişga ruxsat etildi.