Muntazam ravişda boş oğriği va migrendan aziyat çekuvçilar depressiya va horğinlikdan qolganlarga nisbatan köproq aziyat çekişar ekan. Headache jurnali şifokorlarning uşbu xulosasi bilan bölişdi.
"Bu kaşfiyot boş oğriği çastotasi va kuçini kamaytiruvçi dorilar, xuddi şu bemorlarda depressiya va horğin kayfiyat rivojlanişi ehtimolini kamaytirişi mumkinligidan dalolat beradi", - deydi Tayvan milliy tibbiyot markazidan Fu-Çi Yan.
Migren nevrologik kasallik hisoblanadi, unga boşning bir tomonidagi damba-dam yoki muntazam kuçli oğriqlar xos. Kasallikning paydo böliş sabablari turliça bölişi mumkin - jismoniy zöriqiş, yeguliklar, ob-havo omillari, uyqusizlik. Qoidaga köra, migrendan erkaklarga nisbatan ayollar köproq aziyat çekişadi.
Sönggi tadqiqotlarning körsatişiça, migrenga moyillik asosan ba'zi genlarning tuzilişiga boğliq, organizmning sovuqqa ta'siri uçun javobgar DNK uçastkalari ham şular jumlasidandir.
Yan va uning hamkasblari klinikaning nevrologiya bölimida röyxatda turgan taxminan 600 bemorning soğliğidagi özgarişlarni kuzatib, migren, boş oğriği va depressiya örtasidagi noyob boğliqlikni kaşf qilişdi.
Olimlar tadqiqot davomida ajoyib faktga e'tibor qaratişdi - depressiyadan aziyat çekkan odamlar köproq surunkali boş oğriğiga moyil bölişgan va şu bilan birga, oğir şakldagi migrendan aziyat çekuvçilarda qolganlarga nisbatan köproq horğin kayfiyat kuzatilgan.
Bularning bari depressiya rivoji belgilari surunkali migrendan aziyat çekuvçilarda qolganlarga nisbatan ikki karra yorqinroq keçişidan dalolat beradi.
Olimlarning sözlariga köra, bunday boğliqlikning mavjudligi nafaqat kasalliklarning umumiy ildizga ega ekanligidan, balki bir kasallik bilan kuraşiş ikkinçisidan ham xalos bölişga yordam berişiga işora qiladi. Bu boğliqlikning mohiyati hozirça aniq emas, biroq Yan va uning hamkasblari depressiya ham, migren ham bemorlarning aksariyatini qiynagan uyqusizlik natijasida rivojlanişini taxmin qilişmoqda.












