Çempionlar ligasi E guruhida 3 tur uçraşuvlarida juda yirik hisoblar qayd etildi. «Spartak» «Otkrytiye Arena» stadionida «Sevilya»ga 5ta gol urdi - 5:1.
18-daqiqada Kvinsi Promes moskvaliklar jamoasini oldinga olib çiqdi, 30-daqiqada mehmonlar javob golini urişdi — Simon Ker gol muallifi.
Ruslar ikkinçi bölimni kuçli ötkazişdi, 58-daqiqada Lorenso Melgarexo aniq zarba yöllab, jamoani yana oldinga boşladi. 67-daqiqada Denis Gluşakov uçinçi golni urdi, Luis Adriano 74-daqiqada hisobni yirik körinişga keltirdi, öyinga yakuniy nuqta Kvinsi Promes tomonidan qöyildi.
Massimo Karrera şogirdlari guruh bosqiçidagi ilk ğalabasini nişonladi va oçkolari sonini 5taga yetkazdi.
Parallel keçgan uçraşuvda esa yanada köproq gol urildi.
«Liverpul» Sloveniyada «Maribor»ni 7:0 hisobida taslim qildi.
19-daqiqadayoq Yurgen Klopp şogirdlari 3ta gol urib bölişgandi — Roberto Firmino, Filippe Koutino va Muhammad Saloh bittadan gol urişdi. Birinçi bölim oxirida Saloh dublni rasmiylaştirdi. Ikkinçi bölim boşida Firmino ham ikkinçi golini urdi, öyin oxirida Aleks Oksleyd-Çemberlen va Trent Aleksander-Arnold öz nomlarini tabloga yozdirişdi - 7:0.
Endilikda E guruhida turnir jadvali: 1. «Liverpul» — 5 oçko; 2. «Spartak» — 5; 3. «Sevilya» — 4; 4. «Maribor» — 1.
Çempionlar ligasi
E guruhi
Spartak – Sevilya 5:1 (1:1, 4:0)
Gollar: 1:0 – 18 Promes, 1:1 – 30 Ker, 2:1 – 58 Melgarexo, 3:1 – 67 Gluşakov, 4:1 – 74 Luis Adriano, 5:1 – 90 Promes.
Spartak – Selixov, Yeşçenko, Taşçi, Jikiya, Kombarov, Fernando, Gluşakov, Samedov (Melgarexo, 25), Popov (Paşaliç, 57), Promes, Luis Adriano.
Sevilya – Riko, Merkado, Ker, Langle, Eskudero, Kron-Deli (Vaskes, 68), Pisarro, Banega, Sarabiya, Ben-Yyedder (Muriel, 82), Nolito (Navas, 76).
Ogohlantirişlar: Jikiya (34), Eskudero (37), Fernando (45), Pisarro (89).
Maribor – Liverpul 0:7 (0:4, 0:3)












