2017 yil 15 may kuni soat 08:00dan 10:30gaça bölgan vaqt oraliğida, noma'lum şaxs, özganing mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş maqsadida, Yakkasaroy tumani hududida fuqaro F.S.ning xonadoniga uning oynasi orqali ğayriqonuniy ravişda kirib, 500.000 söm va 1.000 AQŞ dollari miqdoridagi pullarini öğirlagan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan, Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (öğirlik, ya'ni uy-joyga ğayriqonuniy ravişda kirib, özganing mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan edi.
Içki işlar idoralari xodimlari tomonidan ötkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida, mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan B.Ğ. sodir etganligi aniqlangan.
Hozirda uning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.











