Milliy xavfsizlik xizmati Farğona va Andijon viloyati boşqarmalari hamda Boş prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamenti xodimlari hamkorligida ötkazilgan tadbirda noqonuniy dori-darmon sotiş bilan şuğullangan bir guruh şaxslarning faoliyati foş etildi.
Farğona şahrida yaşovçi X. M va Farğona tumanida istiqomat qiluvçi singlisi M. D.lar “maxsus xaridor”ga “L-lizina estsinat” (50 dona) dori –darmonini 1 million 250 ming sömga sotayotganda daliliy aşyolar bilan qölga olindi. X.M.ning xonadonida ötkazilgan tintuv çoğida 100 xildan ortiq 500 million sömlik soxta dori-darmonlar, 16 million söm, 370 AQŞ dollari va 2 500 rubl topildi. Bundan taşqari Andijon va Farğona viloyatidagi dorixonalar va mijozlar yozilgan 10 dona daftar ham aşyoviy dalil sifatida olindi.
Qidiruv va suriştiruv işlari davomida bu noqonuniy dori-darmonlar savdosi bilan şuğullanişga, soxta dori-darmon işlab çiqarişga yordam bergan şaxslar, ularning sotuvida hamkorlik qilgan dorixonalar ham aniqlandi.
Qöqon şahrida yaşovçi fuqaro M.M.ning yaşaş xonadonidan juda köp miqdorda “L-lizina estsinat”, “tiotsetam”, “medokalm”, “retabolil”, “titrozolin” va boşqa dori-darmonlar, yöriqnomalar, quti va ampulalar topildi. Şuningdek, mazkur şaharda yaşovçi M.I.ning xonadonidan 75 dona “avtovegin” dori-darmon qöllaş usuli, 36 dona turli xil dori-darmon qutisi va yelim aniqlandi.
Ötkazilgan tadbir davomida Farğona şahridagi “Malham”, “777”, “Oynur grant farm”, Qöqon şahridagi “Doktor Xaus”, Quva tumanidagi “Inter-farma” dorixonalaridan soxta va sertifikatsiz dori –darmonlar topildi. Jumladan, “Inter-farma” dorixonasidan Qozoğistonda işlab çiqarilgan, sertifikatsiz 2 turdagi dori vositasi, “Doktor Xaus” dorixonasidan esa 720 dona “sinadeksin” va 100 ampula “alloxol” dori darmonlar daliliy aşyo sifatida olindi.
Ayni kunlarda mazkur jinoiy guruhning rahbari X.M. va uning turmuş örtoği, vraç-urolog A.I. qölga olingan bölib, tergov-suriştiruv işlari olib borilmoqda.











