16 oktabr kuni Özbekistonga amaliy taşrif bilan kelgan Çeçeniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov 17 oktabr, seşanba kuni Buxoro viloyatida ham böldi.
Buxoro şahriga taşrif davomida Qodirovga Rossiya Davlat dumasi deputati Adam Delimxonov, Çeçeniston Respublikasi Parlamenti raisi Muhammad Dovudov, rais muovini Hasan Hakimov va boşqa rasmiy şaxslar hamrohlik qilgan.

Uni Buxoroda viloyat hokimi Öktam Barnoyev kutib olgan. Mehmonlar mezbonlar bilan birga Bahovuddin Naqşband majmuasini hamda Mir Arab madrasasini ziyorat qildi.


Ramzan Qodirov madrasa rahbariyati va talabalar bilan uçraşdi, ta'lim jarayoni bilan, madrasada talabalar uçun yaratilgan şart-şaroitlar bilan tanişdi, söng uşbu madrasaga asos solgan Mir Arab Yamaniyning qabrini ziyorat qilib, Qur'on tilovatidan söng barça ötganlar haqqiga, uşbu ilm maskaniga asos solgan hamda unga xizmat qilgan, unda öqigan barça mömin-musulmonlar haqqiga, xususan, barça ustozlari va padari buzrukvorining haqqiga duolar qildi.














