Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 maydagi 2979-sonli qaroriga muvofiq, Toşkentda elektrlaştirilgan ikki izli halqa temir yölini quriş loyihasi işlab çiqilgandi.
"Özbekiston temir yöllari" AJ ma'lumotlariga köra, loyiha doirasida yangi halqa liniyasida elektriçkalar qatnovini yölga qöyiş rejalaştirilgandi. Biroq elektriçkalar işlaşining texnik va texnologik tavsiflari va ular asosan uzoqroq masofalarga möljallanganini hisobga olib, estakada turidagi metro quriş maqsadga muvofiq deb topildi.

Dastlabki variantda temir yölning bevosita yer ustidan ötişi közda tutilgandi. Bunday liniya rivojlangan infratuzilmaga ega gavjum hududlardan ötadi. Elektriçka qurilişida köplab inşootlarning buzilişidan qoçiş maqsadida Prezident topşiriği hamda bunday quriliş sohasida tajribaga ega xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda, şahar rejasi, mavjud inşootlar, sanoat va işlab çiqariş korxonalarini maksimal darajada saqlab qolgan holda estakada turidagi yer usti metrosi qurişga qaror qilindi.
"Boştransloyiha" AJ tomondan işlab çiqilgan yangi loyihaga köra, yer usti metrosi yöllarining umumiy uzunligi 52,1 km ni taşkil qiladi. Ular yer osti metrosining mavjud va qurilayotgan liniyalari bilan kesişadi. Quriş muddatlari 4 yil qilib belgilandi va 2017 yildan 2021 yilgaça olib boriladi.
Taxminlarga köra, metroning yer usti bekatlari soni 35 tani taşkil qiladi. Metro qurilişining dastlabki qiymati 422,3 mln dollar qilib belgilangan.
Loyihalanayotgan metro Yaşnobod, Yakkasaroy, Uçtepa, Şayxontohur, Olmazor, Yunusobod, Çilonzor va Sergeli tumanlari hududlari böylab ötadi.
Şu bilan birga, metroning Yunusobod va Sergeli liniyalarining qurilişi jadal sur'atlar bilan davom etmoqda.
Metroning Sergeli yönalişi qurilişida 100 dan köproq odam mehnat qilmoqda, işlar 2 smenada olib borilmoqda, 25 dan köproq zamonaviy texnika qöllanmoqda. Loyihaga köra, uşbu yönaliş uzunligi 7,1 km ni taşkil qiladi, unda 6 ta yer usti bekati böladi.
Yunusobol yönalişining 2-bosqiçi qurilişi ham jadal sur'atlar bilan olib borilmoqda. Xususan, metroning Yunusobod va Turkiston stansiyalari örtasida quriliş-montaj işlari bajarilmoqda, tunnelni quriş işlari boşlangan. Qurilişda 90 ga yaqin kişi, 18 ta maşina va mexanizm iştirok etmoqda.















