Fransiyaning Renault avtomobil konserni özining birinçi elektr kontsept-kari bölgan Trazor'ni rasman namoyiş etdi. Bu haqida FAN naşri xabar berdi. 

Ta'kidlaş joizki, model birinçi marta ötgan yili Parij avtomobil şousida namoyiş etilgan va taqdim etilgan yangi maşinalar orasida eng köp qiziqiş uyğotgan avtomobil bölgan. Renault Trazor ekstereriga kelsak, avto katta şov-şuvga sabab bölgan 22 dyuymli orqa va 21 dyuymli old disklarga ega. 

Kontsern ma'lumotlariga köra, avtomobil özining kuçli elektrodivgateli tufayli atigi 4 soniyada "yuz"ga bosişi mumkin. Hozirda avtomobil sotuvlariga qaçon start berilişi noma'lum. Boşqa parametrlar va maşina narxi ham sirligiça qolmoqda.