Xitoyning Iconiq Motors kompaniyasi Iconiq 7 kontseptual elektrovenning navbatdagi taqdimotini ötkazdi va seriyali nusxaning öziga xos jihatlarini ma'lum qildi. CarNewsChina’ning xabar berişiça, model “iqtisodli” va VIP-turlarda çiqariladi, uni yiğiş işlari 2019 yilda boşlanadi.

Ma'lumotlarga köra, Xitoy markasi nusxani tayyorlaşda Livanning W Motors firmasi bilan hamkorlik qilgan. U «birinçi arab superkari» Lykan Hypersport’ni taqdim etgan. Şu bilan birga, körgazmali nusxa Italiyaning Studio Torinio atelesi, negiz va kuç qurilmasi esa yirik avtobrendlar uçun ehtiyot qismlari va avtomobillar işlab çiqaruvçi Magna Steyr kompaniyasi tomonidan yaratildi.

Seriyali variant 224-kuçli elektr qurilmasi bilan jihozlanadi, yuriş masofasi zaxirasi esa 400 kilometrdan köproqni taşkil etadi. Ven quyidagi hajmlarga ega: uzunligi - 4900 millimetr, eni - 1900 millimetr va balandligi - 1860 millimetr. Ğildirak bazasi 3 ming millimetrga teng.

Iconiq Motors yetti örindiqli Entry modifikatsiyasini, «örtaça» Premium va juda haşamatli tört örinli salonga ega VIP nusxani çiqarişni rejalaştirmoqda. Firma işlab çiqarişning birinçi yilida 15 ming nusxa yiğişni möljallagan, ularga avtonom boşqaruvning ba'zi funksiyalari tatbiq etiladi.

2020 yilda ven birinçi marta yangilanadi, 2021 yilda esa – yangi batareyalar majmuasi örnatiladi. Feyslift 2022 yilga rejalaştirilgan. Öşa paytga kelib Iconiq Motors avtomobillarini işlab çiqariş hajmi yiliga 50 ming maşinaga qadar yetişi kerak.

Şu bilan birga, kompaniya 2023 yilda tölaqonli avtopilot tizimiga ega Iconiq 7 nusxasini çiqariş niyatida.