Qaşqadaryo viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş inspeksiyasi xodimlari Qamaşi tumani Qöşköl qişloği hududida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktabrdagi qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga rioya etilişi böyiça monitoring-reyd ötkazişdi, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.

Tekşiriş davomida şu qişloqda yaşovçi Abdumurod Ibatov 54 dona noyob Zarafşon arçasini özboşimçalik bilan heç qanday ruxsatsiz kesib, qurilayotgan xususiy savdo dökoni omborxonasi tomini yopişga işlatayotganligi aniqlandi.

“Qaşqadaryo tijorat-savdo” MÇJ IUXBda mudir bölib işlovçi Abdumurod Ibatov bu bilan ösimlik dunyosiga jami 68 mln. 746 ming söm zarar yetkazganligi ma'lum böldi.

Jinoyat işlari böyiça Qamaşi tuman sudida bölib ötgan sud majlisida sudlanuvçi A.Ibatov aybiga iqrorlik bildirmasdan ustunlar eski edi, ularning 32 donasini bir neça yil ilgari qişloqdoşim E.Xuşvaqtovning molxonasi buzilgan vaqtida çiqqan yoğoçlar orasidan olganman, deb turib oldi.

Biroq heç qanday bahona-yu, vajlarga örin qolmadi – ekspertlar noyob arça daraxti yangi kesilganini qayd etişdi. Özboşimça dökondorning aybi töplangan boşqa bir qator dalillar orqali ham öz isbotini topdi.

Sud hukmi bilan A.Ibatovga 2 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Amnistiya şarofati bilan u tayinlangan jazodan ozod etildi. Biroq arçalar kesilişi oqibatida yetkazilgan zarar undan viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş inspeksiyasi hisobiga undiriladigan böldi.