Zimbabveda 10 yildan beri böş qolayotgan jallod lavozimiga 50 dan köproq odam işga qabul qiliş arizasini topşirdi. Bu haqda mamlakat adliya vaziri örinbosari Virginiya Mabxiza ma'lum qildi.

Zimbabveda ölim jazosi dorga osiş orqali amalga oşiriladi. Oxirgi marta oliy jazo 2005 yilda ijro etilgan, biroq mamlakat hukumati ölim jazosiga rasman moratoriy e'lon qilmagan.

"Odamlar katta qiziqiş bildirmoqdalar. Uşbu işga munosabat bildirganlar köp böldi, biz jallod lavozimini egallaş uçun erkaklar bilan bir qatorda ayollardan ham arizalar oldik. Biz bir neça oy içida 50 dan köproq ariza oldik", deb aytdi Mabxiza. Biroq u uşbu lavozimga aniq bir kişi qaçon tayinlanişini ma'lum qilmagan.

Naşrning ta'kidlaşiça, Zimbabvening sobiq adliya vaziri Emmerson Mnangagva ölim jazosiga qat'iyan qarşi çiqqan, biroq uning izdoşi Xappiton Bonongve bu masala borasida öz fikrini hali bayon etmadi.