2017 yil 26 iyundan 27 iyunga ötar keçasi, noma'lum şaxs, özganing mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş maqsadida, Yunusobod tumani hududida fuqaro O.R.ning xonadoni eşigi qulfini kalit tanlaş yöli bilan oçgan holda ğayriqonuniy ravişda kirib, unga tegişli bölgan jami 8.640.000 sömlik mol-mulkini öğirlagan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan, Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (öğirlik, ya'ni uy-joyga ğayriqonuniy ravişda kirib, özganing mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. 

Içki işlar idoralari xodimlari tomonidan ötkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida, mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan A.A. sodir etganligi aniqlangan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.