18 oktabr kuni Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqida TIV saytida xabar berildi. 

Vazir Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning samimiy qutlovi va hurmatini Eron Prezidenti va xalqiga yetkazdi.

Muloqot çoğida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boşqa sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirişning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev va Eron Prezidenti Hasan Ruhoniyning 2017 yilning 11 sentabrida Ostona şahrida bölib ötgan uçraşuvi va muzokaralari Özbekiston-Eron munosabatlarini kengaytirişning yönalişlarini aniqlaş imkonini berdi.

Uçraşuvda tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqa siyosatiga doir masalalar yuzasidan fikr almaşildi.