40 dan ortiq amerikalik kongressmenlar rohingya musulmonlari ta'qib qilinayotgani uçun Myanma davlatiga qarşi sanksiyalar qöllaşni taklif qildi. Bu haqda Reyter agentligi xabar qilmoqda.
"Biz Birma hududida qamalib qolgan yoki unga qaytişni xohlayotganlarning himoyasini va xavfsizligiga erişiş, şuningdek qöşni mamlakatlardan zörlik bilan qaytarilişga halaqit beriş uçun barça narsani qilişga çaqiramiz", — deyiladi maktubda.
Gap şundaki, Amerika parlamenti a'zolari Myanma harbiy hukumatiga nisbatan amalda bölgan, biroq keyinçalik bekor qilingan sanksiyalarni qaytarişni söramoqda. Vaşington Myana demokratiya yöliga kirdi, deb hisoblagani uçun sanksiyalarni bekor qilişga qaror qilgan edi.
Xalqaro migratsiya taşkiloti ma'lumotlariga köra, Myanma bilan qöşni Bangladeşga avgust oyi oxiridan beri 500 mingdan ortiq rohingya musulmonlari qoçib ötgan. OAV va xalqaro taşkilotlar vakillarining kirişiga ruxsat berilmayotgani sababli rohingya musulmonlari istiqomat qilayotgan hududlardagi vaziyat qanday ekani noma'lum bölib qolmoqda.











