Apple kompaniyasining "Loyiha "Titan" işçi nomini olgan yangi qurilmasi prototipining videosi tarqaldi. Video ijtimoiy tarmoqqa işbilarmon Makalister Xiggins tomonidan joylaştirildi. 

Gap avtomobil tomiga örnatilgan kamera va datçiklardan iborat tizim haqida bormoqda. Ular atrofni tahlil qilib, avtopilot yordamida maşinani boşqariş imkonini beradi. TechCrunch şu haqida xabar berdi. 

Xigginsning ma'lum qilişiça, tizim avtomobil atrofidagi kartinani uç barobar kattalaştiruvçi 12 ta "lidar" - maxsus optik skanerni öz içiga olgan. Uning taxminlariga köra, qurilmaning hisoblovçi qismi yukxonaga yaşiringan.

Bundan avval OAVda Apple'ning 2019 yilda öz elektromobilini işlab çiqariş rejalari haqida xabar tarqalgandi, biroq sönggi paytlarda ekspertlar kompaniyaning mavjud maşina modellariga örnatiş mumkin bölgan avtopilotni yaratişga e'tibor qaratayotgani haqida yozişmoqda.