Farğonalik Halima Tursunova (ism-familiyalar özgartirilgan) hamda buxorolik Muhayyo Rahmatova, Gulsanam Hamidovalarning bir dasturxonda oş-qatiq bölişganining sababi yengil-yelpi yöl bilan pul topiş edi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Gulsanam bilan tasodifan tanişib qolgan Muhayyo maqtanib, uning köngliga “qöl soldi”:
- Birlaşgan Arab Amirliklarining Şarja şahrida özimning dökonlarim bor. Boşida men ham qiynalganman, ikkilanganman. Rozi bölsangiz, yordam beraman.
- Koşki şunday qilsangiz. Duo qilardim. Onam betoblar. Pul kerak, - dedi Gulsanam yalinçoq ovozda.
- Yöl xarajatlari, pasport viza masalalarida özim yordam beraman. Keyin işlab berasiz... – dedi bu borada ança pişgan Muhayyo.
Oradan heç qança vaqt ötmay, hujjatlar tayyor böldi. Gulsanam Bişkek şahri orqali “begona”larning yordami bilan Şarja şahriga yetib keldi-yu, oğzi lang oçildi. U yaşagan qişloq qayoqda-yu, bu şahar qayoqda!
Mehmonxona zinalaridan kötarilayotgan qişloq qizi Gulsanam oldinda uni ma'nan dahşatli va şarmandali kunlar kutayotganini xayoliga ham keltirmasdi. “Muhayyoning dökonida işlasam, bir-ikki yilda...”
Orzularining çegarasini belgilay olmayotgan edi u. Ammo bir kunlik mehmondorçilikdan söng azobli kunlar boşlandi. Halima Tursunovaning qöliga topşirilgan Gulsanam buxorolik Nigina, Nazira ismli qizlarning gap-sözlaridan bildiki, endi u hayo libosini yeçib, fohişa degan nomni olişga majbur.
Fuqarolik pasportini olib qöygan hamyurtiga yuzlandi.
- Opa, men bu işni qilolmayman.
- Nima deb öylagan eding? Pul kerakmi? Uni topiş uçun ana şunday maşaqqat çekişingga töğri keladi.
- Özbekistonga qaytmoqçiman.
- Nima?! Hali qarzlaringni uzganing yöq. Bir-ikki oy işlab tur. Keyin öylab köramiz.
Muhayyo Rahmatova şeriklari bilan yangi yilni ötkaziş uçun Buxoroga qaytganda, Gulsanam Halimaga yalinib-yolvordi. Çunki, vijdon azobi, özidan keçsa-da, özligidan keça olmayotgan, aldanib qolgan qizlar yurtga qaytiş istagida edilar. Ularni uşlab turgan Halima Tursunovaning urinişlari besamar ketdi. Jabrdiydalar yurtga qaytişdi. “Vosita”çi opalar odam savdosi bilan şuğullangani bois qonun oldida javob berişdi.











