Dunyo böylab har kuni 5 yoşgaça bölgan 15 ming bola vafot etmoqda, ulardan 46 foizi - 7 ming yangi tuğilgan çaqaloq - 2016 yilgi ma'lumotlarga köra, hayotning birinçi 28 kunida nobud böladi. Dunyoda beş yoşgaça bölgan bolalar ölimi darajasi kamayib bormoqda, ammo çaqaloqlar ölimi körsatkiçlarining pasaytiş tezligi ortda qolayapti, deyiladi «Bolalar ölimi darajasi va tendensiyalari» nomli yangi global hisobotda.

«Bolalar ölimi darajasi va tendensiyalari, 2017» yangi hisoboti Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Bolalar jamğarmasi (YuNISEF), Butunjahon soğliqni saqlaş taşkiloti, Jahon banki va UNDESA aholişunoslik bölimi tomonidan tayyorlandi. 

«5 yoşgaça bölgan 50 million bolaning hayoti 2000 yildan buyon hukumatlar va xalqaro hamkorlarning sa'y-harakatlari tufayli qutqarildi», - deya ta'kidlab ötdi Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Bolalar jamğarmasi (YuNISEF) global soğliqni saqlaş dasturi rahbari Stefan Svartling Peterson. «Lekin hayotning dastlabki kunlarida bolalar ölimini kamaytiriş uçun köproq sarmoyalar kerak. Bizda zarur bölgan bilim va texnologiyalar bor, biz ularni eng kerakli joylarda qöllaşimiz kerak».

Bolalar ölimining oldini oliş uçun oddiy, arzon yeçimlar mavjud, ammo ular har doim eng zaif guruhlar yoki çekka hududlardagi onalar va bolalarni qamrab olmaydi.

Hisobot mualliflarining ta'kidlaşiça, bolalar uçun hayotining birinçi oyida ölim xavfi katta.

«5 yoşgaça bölgan bolalar ölimida neonatal ölim darajasi hissasi oşib bormoqda – hamda bu tendensiya jahon hamjamiyati tezda çoralar körmagunça davom etadi», - deyiladi hisobotda. 

«Yangi tuğilgan çaqaloqlarning köpçiligi oldini oliş yoki davolaş imkoni bölgan omillar tufayli hayot köz yumadi: erta tuğruq, tuğruq paytidagi asoratlar, sepsis, zotiljam, qoqşol va diareya kabi infeksiyalar tufayli.

5 yoşgaça bölgan bolalarning ölimini oldini oliş bizning vaqtimizda mumkin. Buning uçun siyosatçilar, işbilarmonlar, soğliqni saqlaş xodimlari, jamiyatlar hamda oilalar har bir ona va bola uçun sifatli, arzon tibbiy xizmatlarni ta'minlaş uçun birlaşişi kerak, deya xulosa qilinadi matnda.