Estoniya poytaxti Tallinda «Ofeliya» dovuli mamlakatga Portugaliyadan yonğinlardan tutun va qurumini, şuningdek, Sahroyi kabirdan çang olib kelgani tufayli qora yomğir kuzatildi. Bu haqda ERR radiosi xabar bermoqda.
«Biz sun'iy yöldoşlardan olingan fotosuratlarni kördik, şuningdek, Finlyandiya meteoxizmati ham bizga Portugaliyadagi yonğinlardan tutun va qurum, Sahroyi kabirdan esa qisman çang kelganini tasdiqladi», - deya xabar berdi sinoptik Taymi Palyak.

Şuningdek, uning ta'kidlaşiça, röy bergan hodisa vaqtinçalik holatdir. Ayni damda havoning kimyoviy tarkibi haqida ma'lumot yöq.












