Xitoy YaIM (yalpi içki mahsuloti) 2017 yil uçinçi çoragida ötgan yilning şu davri bilan qiyoslaganda 6,8 foizga ösdi. Bu haqda Reuters agentligi rasmiy ma'lumotlarga tayangan holda xabar qilmoqda.
Ta'kidlanişiça, tahlilçilar ham deyarli şunday natijani kutişgan. Ötgan yilning şu çoragida bu raqam 6,9 foizni taşkil etgan.
Xitoy hukumati esa, yil yakuniga kelib YaIM ösişi ötgan yilgi 6,7 foizga nisbatan pasayib, 6,5 foizni taşkil etişini kutmoqda.












