2017 yil 18 oktabr kuni Toşkent şahar Şayxontohur tumanidagi 324-sonli maktabda namunaviy yoşlar yetakçisi xonasining taqdimot marosimi bölib ötdi. Tadbirda maktab yoşlar yetakçisi faoliyati qanday taşkil etilişi, yetakçi xonasi qanday jihozlanişi zarurligi namunaviy tarzda körsatib berildi, deb yozadi vazirlik rasmiy saytida XTV matbuot xizmati.
Yangi loyihaga köra, respublikaning barça hududlaridan 1 tadan maktab tanlab olinib, bu yerda yoşlar yetakçisi faoliyati namunaviy tarzda yölga qöyildi. Jumladan, maktab yoşlar yetakçisiga barça qulayliklarga ega şinam xona ajratilib, zarur jihozlar, axborot-kommunikatsiya vositalari, öquv adabiyotlari bilan ta'minlandi.
Maktab yoşlar yetakçisining yillik iş rejasi işlab çiqilib, yetakçilar uçun yoşlar bilan muloqot örnatiş, ularning muammolarini aniqlaş va hal qiliş, iqtidorli öquvçilarni qöllab-quvvatlaş, ta'sirçan tadbirlar taşkil etiş, maktab madaniy va ma'rifiy hayotida faol iştirok etiş böyiça tavsiyalar yaratildi.
Namunaviy maktablarda yoşlar bilan işlaş tizimi tubdan yangiça taşkil etilib, öquvçilarning xohiş va istagi hamda qiziqişi asosida yetakçi faoliyatini taşkil etişga alohida e'tibor qaratildi.
Maktab yoşlar yetakçisi tomonidan ta'lim muassasalarida «Zakovat» intellektual öyini, «Muvaffaqiyat maktabi», «Munozara», «Barkamol qizlar klubi» kabi loyihalar amalga oşiriladi. Bu tögaraklarga 6–10 sinf öquvçilari qamrab olinib, ularning böş vaqti mazmunli taşkil etiladi.












