Xitoy davlatga dunyoda markaziy örin va'da qilayotgan yangi davrga kirdi. Bu haqda XXR raisi Si Tszinpin çorşanba, 18 oktabr kuni oçilgan Kommunistik partiya qurultoyida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Bi-bi-si’ning Pekindagi muxbirlari.

Naşr ma'lumotlariga köra, çet elliklar uçun yopiq tarzda ötkazilayotgan qurultoy kelgusi davr mobaynida mamlakatning rivojlaniş yölini kim belgilab berişini aniqlaydi. Kutilişiça, sönggi vaqtlarda hokimiyatni öz qölida mustahkamlagan Si Tszinpin partiya yetakçisi bölib qoladi. Har beş yilda ötkaziluvçi qurultoy kelasi hafta seşanba kuni yakunlanadi. Unda ikki mingdan ziyod delegatlar iştirok etmoqda. Tadbir kuçaytirilgan xavfsizlik çoralari bilan ötkazilmoqda. Kutilişiça, qurultoy yakunlanganidan söng, Xitoy asosiy boşqaruv organi – Xitoy Kommunistik partiyasi MQ Siyosiy byurosi doimiy qömitasining yangi a'zolari nomi ma'lum böladi.

Sinxua axborot agentligiga köra, Si Tszinpin ma'ruza bilan çiqiş qilib, xitoyça xususiyatlariga ega sotsializm yangi davrga qadam qöygani hamda modernizatsiya qilingan sotsialistik davlatni barça tomonlama qurişga «yangiça uslub» boşlangani haqida ma'lum qildi.

«XIX qurultoyidan boşlab va partiyaning keyingi qurultoyi oçilguniga qadar bölgan davr - muhim tarixiy ötiş pallasi bölib, uning davomida biz örta farovon jamiyatni butunlay qurişimiz kerak – ya'ni XKPning yuz yillik yubileyiga möljallangan maqsadni amalga oşirişimiz, hamda XXR yuz yilligiga bağişlangan maqsadga yetişiş uçun «yangiça uslubni» boşlaşimiz lozim, - modernizatsiya qilingan sotsialistik davlatni har tomonlama quriş», - deya ta'kidlab ötdi u.

Partiya va davlat yetakçisi Si uç soatlik nutqida Xitoyning sönggi yutuqlari haqida töxtalib, yangi davrdagi Xitoy sotsializmi endi mamlakat jahondagi yetakçi kuçga aylangani va insoniyat tarixida muhim örin tutişini anglatişi haqida aytib ötdi. 

Kommunistlar boşqaruvi ostidagi ösişning Xitoy modeli rivojlanmoqda hamda boşqa rivojlanib borayotgan davlatlarga «yangi tanlov» imkonini beradi, deya ta'kidlab ötdi Si. Öz nutqida Si Xitoyning rivojlanişi yangi davrga kirganini ma'lum qildi, hamda bu sözlar birikmasini 36 marta işlatdi.

«Biz uçun dunyoda markaziy örinni egallaş va insoniyat tarixiga yanada köproq hissa qöşiş vaqti keldi», - deya qöşimça qilib ötdi Xitoy rahbari.

Şuningdek, Si Tszinpin öz nutqida:

Mamlakatni farovon va ekologik hamda iqtisodiy islohotlar orqali yanada yaxşi qilişi kerak bölgan ikki poğonali «sotsialistik modernizatsiya» rejasi haqida gapirdi. U 2050 yilga qadar möljallangan;