"Formula-1" avtopoygasining afsonaviy poygaçisi Mixael Şumaxerning öğli Mik "Formula-1"da iştirok etişni közlamoqda. Bu haqda Mikning özi ma'lum qilgan.
"Men özimga e'tibor qaratib, boşqa poygaçilarga boqmayman. Har bir poygaçi öziça taraqqiy qiladi, buni taqqoslab bölmaydi. Men qadamma-qadam olğa bormoqdaman va özimni kelgusiga tayyorlamoqdaman. Men tayyorligimni anglaganimda, keyingi qadamni taşlayman", deb aytgan kiçik Şumaxer.
Ayni vaqtda 18 yoşli yigit "Formula-3"da iştirok etmoqda. Ötgan mavsumda u 12-örinni egallagandi.
Mixael Şumaxer Alp toğlarida çanği uçiş vaqtida olgan boş miya jarohati tufayli 2013 yildan beri yotib qolgan. Ayni vaqtda u Şveytsariyadagi uyida şifokorlar nazoratida qolmoqda. 6 oktabrda Ruminiya OAV sobiq poygaçining böyi yotoqlik vaqtida 14 sm kiçrayib ketgani, vazni esa 75 kg dan 45 kg gaça kamayib ketganini ma'lum qilgandi. Şuningdek, Şumaxer yana koma holatiga tuşgani qayd qilingan.












