Vazirlar Mahkamasining qarori bilan, Toşkent şahridagi 4 ta oliygohga rahbarlar tayinlandi.

Viktor Veniaminoviç Nam Toşkent şahridagi Puçon universiteti rektori lavozimdan ozod qilindi. Uning örniga Agrippina Vasilevna Şin tayinlandi.

  • Agrippina Vasilevna Şin 2017 yildan maktabgaça ta’lim vaziri, 2023 yildan Maktabgaça ta’lim agentligi direktori sifatida işlab kelayotgan edi. Agentlik faoliyati ötgan hafta tugatilgandi.

Qahramon Tanziloviç Olimov Toşkent şahridagi “A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filialining ijroçi direktori lavozimdan ozod qilindi. Uning örniga Viktor Veniaminoviç Nam tayinlandi.

Eldor Sodiqoviç Yöldoşev Toşkent şahridagi “S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filialining direktori lavozimidan ozod qilindi. Uning örniga Iqbol Mamasodiqoviç Meliqöziyev tayinlandi.

Eldor Öraloviç Şermanov Yunus Rajabiy nomidagi Özbek milliy musiqa san’ati institutining öquv işlari böyiça prorektori – rektori vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib 6 oy sinov muddati bilan tayinlandi.