Yevrokuboklar tugar-tugamas, bugundan Yevropa maydonlarida milliy çempionat öyinlari boşlanadi va albatta, ular içida e'tiborga arzirli markaziy uçraşuvlar juda köp. An'anamizga sodiq qolgan holda, ana şu öyinlar haqida qisqaça töxtalamiz.
NAPOLI - INTeR (21 oktabr, 23:45)
Ötgan haftada markaziy öyinlarda kuçli raqiblar ustidan ajoyib ğalabaga erişgan ikki jamoa bu safar özaro orani oçiq qiladi. Bir neça qiyin öyinlarda ğalaba qozonib, «Inter» ham nihoyat yuqori örinlar uçun da'vogar böla olişini isbotladi. «Napoli» esa, hatto mağlubiyat bilan tugagan Mançester safaridan söng ham, yomon fikr uyğotmadi. Sarri şogirdlari raqib kim bölişidan qat'i nazar öz uslublaridan voz keçmasliklarini isbotladilar.
«Inter» «Napoli»dan atigi 2 oçko kam töplagan xolos, demak ğalaba milanliklarni jadvalda peşqadamga aylantiradi. «Napoli» esa Yevropadagi kuçli çempionatlar içida yöqotişsiz borayotgan oxirgi jamoa sifatida navbatdagi ğalabaga intilişi tabiiy. Hatto Çempionlar Ligasi oldidan klub prezidenti asosiy e'tibor Italiya çempionatiga qaratilişi, Mançesterdagi öyindan köra «Inter»ga qarşi öyin muhimroq ekanini aytgandi.
A Seriyada doirasidagi öyinlarda, 2011 yildan beri, «Napoli» «Inter»ni öz maydonida yutib kelmoqda.
VALeNSIYa - SeVILYa (21 oktabr, 21:30)
Uşbu mavsumda «Valensiya» nafaqat mağlubiyatsiz seriya bilan turnir jadvalida «Barselona»ni ta'qib qilmoqda, balki, juda hujumkor va quvnoq öyin namoyiş qilyapti ham. Jamoa 8 turda 21 gol urişning uddasidan çiqdi, italiyalik hujumçi Simone Zaza esa, La Ligada ötgan oyning eng yaxşi öyinçisi deb e'tirof etildi.
«Sevilya» ham raqibidan u qadar uzoqda bölmasa-da, öyin borasida muammolar juda köp. Masalan, 8 öyinda atigi 9 gol urilgan, hozirça faqat autsayder jamoalar mağlub etilmoqda. Va albatta, Çempionlar Ligasida «Spartak»dan qabul qilingan yirik mağlubiyat ham «Sevilya»ning bugungi holatini ifodalab turibdi.
Ammo baribir, öyin yuqori örinlar uçun da'vogar bölgan raqiblar örtasida ekanini, jamoalar tarkib jihatidan bir-biriga juda mosligini e'tiborga olamiz. Qiziq bölişi tabiiy.
EVeRTON - ARSeNAL (22 oktabr, 17:30)
Transfer bozoridagi sarflar böyiça hatto APLda yetakçilardan biri bölgan «Everton»ning ahvoli yaxşi emas. Avvaliga taqvimning noqulayligi haqida aytildi, ammo keyingi öyinlarda ham, masalan, «Byornli»dan öz maydonidagi mağlubiyat, «Brayton»dagi durang körsatyaptiki, hali ham jamoa öynab ketgani yöq. Köp futbolçilar sotib olingani bilan, Lukakuning katta pulga sotib yuborilganini ham e'tiborga oliş kerak. Aslini olganda, köp futbolçilar olingani ham murabbiyga vaqt kerakligini körsatadi. Balki şuning uçun hali ham Ronald Kumanga imkon berişayotgandir.












