Yaponiya hukumati Yaponiya imperatori Akixito 2019 yil mart oyi oxirida öz taxtidan voz keça olişi haqidagi qarorni qabul qildi. Bu haqda 20 oktabrda Asahi Shimbun naşri xabar berdi.

Ta'kidlanişiça, uşbu qaror zarur bölgan byurokratik jarayonlarni yengillaştiriş uçun qabul qilingan. Gap şundaki, Yaponiyada moliyaviy yil 31 martda tugaydi. Yaponiyaning yangi imperatori böladigan valiahd şahzoda Naruxito 1 apreldan, ya'ni yangi moliyaviy yil boşidan taxtga ötirişi kerak böladi.

Yozda Yaponiyada oxirgi 200 yil içida birinçi marta imperatorga öz taxtidan voz keçişga ruxsat beruvçi qonun kuçga kirdi. Uşbu hujjat 3 yil amal qiladi va faqatgina amaldagi imperatorga taalluqli böladi.

Akixito 2016 yil avgustida millatga yuzlanib, keksayib qolgani tufayli taxtdan voz keçmoqçiligini aytgan. Amaldagi qonunçilik imperator marosimlar bilan boğliq öz majburiyatlarini hayotining oxirigaça bajarişini közda tutadi. Sörovnomalar natijalariga köra, imperatorning millatga murojaati Yaponiyada ijobiy qabul qilingan. Natijada imperator Akixito uçun istisno tariqasida unga taxtdan voz keçişga ruxsat berilgan.