10:00 / 20.10.2017
8325

«Arsenal» Jiruning supergoli evaziga safardan g‘alaba bilan qaytdi

Serbiyaning «Tsrvena Zvezda» klubi Yevropa Ligasining 3-tur uchrashuvlari doirasida Londonning «Arsenal» klubini qabul qildi. O‘yinning 80-daqiqasida Milan Rodich qizil kartochka olib maydonni tark etgach, mezbonlar bir kishi kam bo‘lib qolishdi. 85-daqiqada esa «kanonirlar» Olive Jiruning chalqancha uslubda urgan goli evaziga g‘alaba qozondi — 1:0. 

Belarusning BATE klubi Germaniyaning «Kyoln» klubini qabul qilib, kichik hisobdagi g‘alabaga erishdi — 1:0. O‘yindagi yagona gol mezbonlar yarim himoyachisi Aleksey Rios nomiga yozildi, u Timo Xorn darvozasini 55-daqiqada ishg‘ol etdi.

H guruhidagi vaziyat: 1. «Arsenal» London — 9 ochkov; 2. «Tsrvena Zvezda» — 4; 3. BATE — 4; 4. «Kyoln» — 0.

Yevropa Ligasi, 3-tur
H guruhi

Tsrvena Zvezda Serbiya – Arsenal Angliya 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 85 Jiru.
Tsrvena Zvezda – Boryan, Stoykovich, Savich (Babich, 66), Le Tallek, Rodich, Srnich (Gobelich, 83), Kanga, Donald, Krstichich, Radonich, Boachi (Peshich, 80).
Arsenal – Chex, Debyushi, El-Nenni, Xolding, Nelson, Koklen (Shif, 90), Uillok (Makgueyn, 89), Meytlend-Naylz, Uolkott, Uilsher, Jiru.
Ogohlantirishlar: Rodich (32), Boachi (60), Le Tallek (63), Koklen (64), Boryan (86), Babich (90), Nelson (90).
Chetlatish: Rodich (80).

BATE Belarus – Kyoln Germaniya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 55 Rios.
BATE – SHCHerbitskiy, Milunovich, Gayduchik, Polyakov, Volodko, Stasevich, Rios, Volodko (Baga, 74), Dragun, Ivanich (Gordeychuk, 68), Signevich (Rodionov, 85).
Kyoln –    Xorn, Xaynts, Marox, Olkovski, Klemens (Girassi, 61), Raush, Yoyich (Bitenkur, 70), Xeger, O‘zjan, Tsoller, Osako.
Ogohlantirish: Girassi (89).

Top