Buxoro şahar Xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlaş va taşkil etiş bölimi Davlat ta'lim standartlariga rioya etiş monitoringini metodik ta'minlaş kiçik guruhi rahbari Şamsiya Nizomova (ism-familiyalar özgartirilgan) nafsi bilan kuraşa olmadi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Kabinetiga bir tanişining tavsiyasi bilan kelgan, özini Halima Davlatova, deb taniştirgan qizni iliqqina kutib oldi.
- Xöş, xizmat, singlim.
- Men... işga kirmoqçi edim.
- Qayerni tugatgansiz?
- Fizika-matematikani.
- Demak, ma'lumotingiz oliy!
- Ha.., universitetda öqiganman.
- Böpti. Men suriştirib köraman. Ammo, bilasiz işga kiriş xarajatsiz bölmaydi.
- Bilaman, - ovozi zörğa çiqqan Halima şu xonada ötirgan ikkinçi ayol – Safargul Karimovaning imo-işorasiga hayron böldi. Ayol barmoqlarini bukib, uning uçun körsatdi. Halima şoşganidan kimga javob berişini bilmay qoldi.
- 300 AQŞ dollari köp. Mayli, yaqinlarimdan qarz olib, 200 dollar topişim mumkin.
- Işga kirganingizdan keyin repetitorlik guruhi oçib olasiz. Işlab, keyin qolgan yuz dollarni ham berasiz, - dedi Şamsiya qat'iy qilib.
Oradan kunlab ötdi. Iş söragan “mijoz”idan darak yöqligi haqida öylab turganida, uning özi qönğiroq qildi.
- Gulçehra degan yana bir tanişimga iş kerak edi.
- Siz avval özingizning işingizni bitiring. U yoğini keyin köramiz. Aytgança, siz 3-örta umumta'lim maktabi direktoriga borib uçraşing, işingiz tayyor. Keyin bir kelib ketarsiz.
H.Davlatovadan 200 AQŞ dollarini qöliga olib, orzular oğuşiga özini otgan Şamsiya Nizomovani huquqni muhofaza qiluvçi idoralar xodimlari “çöçitib” yuborişdi. Tamagirlik qilib, öz vakolatlari doirasiga kirmaydigan işni bajarişni va'da qilgan ta'lim tizimi xodimi Ş.Nizomovaga sud hukmiga binoan tegişli jazo tayinlandi.











