Xalq deputatlari Yangiqörğon tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati ma'lum qildi.
Sessiyada taşkiliy masala körildi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov iştirokidagi sessiyada Muhammadzokir Jöraboyeviç Mamatxonov öz arizasiga köra viloyat hokimining qarori bilan Yangiqörğon tumani hokimligidan ozod qilindi.
Uning örniga şu paytgaça viloyat hokimligining Qişloq va suv xöjaligi masalalari kotibiyati mudiri lavozimida işlab kelayotgan Asadulla Ikramoviç Najmiddinov tuman hokimi etib tayinlangan.
Bundan oldinroq Namangan viloyatining Uçqörğon tumani hokimi Nazirjon Hayitaliyev hamda Surxondaryo viloyatining Denov tumani hokimi Bahrom Mamatqulov paxta terimini taşkillaştira olmagani uçun işdan ketgani haqida xabarlar berilgandi.







