Amerika Qöşma Ştatlarining oyiga 4,2 millionlik auditoriyaga ega «Real Clear World» naşrida şunday sarlavhali maqola e'lon qilindi. Uning muallifi – naşr şarhlovçisi va «Corsair LLC» konsalting kompaniyasining boşqaruvçi direktori Jyeyms Durso. Bu haqda ÖzA xabar bergan.
Maqolada qayd etilişiça, 2016 yilning 4 dekabridan, ya'ni Şavkat Mirziyoyev mamlakat prezidenti etib saylangan kundan boşlab Özbekiston öz taraqqiyotida yangi bosqiçga qadam qöydi. Bungaça 13 yil davomida boş vazir lavozimida faoliyat yuritgan yangi prezident qöşni mamlakatlar bilan çegara va suv resurslari bilan boğliq bahsli holatlarga yeçim topiş, milliy valyuta konvertatsiyasini ta'minlaş, inson huquqlariga rioya etiş, Ğarb ommaviy axborot vositalari va nohukumat taşkilotlari bilan hamkorlikni yölga qöyiş kabi masalalarni hal qilişga faol kirişdi. Özbekiston rahbari qöşni mamlakatlar, uzoq va yaqin xorij davlatlari, jumladan, Rossiya, Xitoy, AQŞ, Yevropa Ittifoqi va boşqa davlatlar bilan hamkorlikni jadal kengaytirmoqda.
Ekspertning fikriça, Özbekistonda röy bergan muhim içki özgarişlar qatorida öqituvçilar va soğliqni saqlaş xodimlarini paxta yiğim-terimiga jalb qiliş taqiqlanganini qayd etiş mumkin. Bu boradagi işlarning davom ettirilişi Özbekiston paxtasini taşqi bozorda sotiş kölamini kengaytiriş imkonini beradi, deb hisoblaydi amerikalik şarhlovçi.
Bundan taşqari, Özbekiston rahbariyati eksportçilar xorij valyutasida olgan daromadlarining 25 foizini majburiy sotiş amaliyotini bekor qildi. Mamlakat fuqarolari çet el valyutasini bankdan sotib oliş va sotiş imkoniyatiga ega böldi. Bu çora-tadbirlar savdo-sotiqni yengillaştiriş va korrupsiyani kamaytirişga xizmat qiladi. Uşbu yangilanişlar tezkorlik bilan amalga oşirilgani köplab moliyaçilarni hayratga soldi, deb ta'kidlaydi J.Durso.
Muallif, şuningdek, Özbekiston prezidenti taşabbusi bilan mamlakatda ekstremizm ğoyalariga moyil bölgan şaxslar "qora röyxat"dan çiqarilayotganini (17 mingdan 16 ming nafari) qayd etadi. Şavkat Mirziyoyev öz çiqişlaridan birida "Hayotda bilib-bilmay adaşgan odamlarni töğri yölga soliş, keçirimli böliş, ularni soğlom hayotga qaytariş masalalari ham diqqat markazimizda turibdi", deb ta'kidladi. Bunday odamlarni işga joylaştiriş va din arboblarining ular bilan doimiy muloqotini ta'minlaş vazifasi qöyildi.
Maqolada ta'kidlanganidek, 2019 yildan boşlab Özbekistonda xorijga çiqiş vizalari bekor qilinadi. Bu aholining iqtisodiy imkoniyatlari va erkinligi darajasini oşiradi. Farğona vodiysida "Döstlik" va Qozoğistonda "Maqtaral" çegara punktlarining oçilişi odamlarning harakati va özaro savdo-sotiq kengayişiga xizmat qiladi.











