Xitoylik olimlar şör suvda yuqori hosildor guruç yetiştirişga muvaffaq bölişdi. RIA "Novosti" şu haqida xabar berdi. 

Yangi nav avval ma'lum bölgan navdan yaratilgan, biroq ösimlikşunoslar uning hosildorligini deyarli uç barobarga oşirişning uddasidan çiqişdi. Tadqiqotçilar jamoasi rahbari Yuan Lunpinning sözlariga köra, şör tuproqda gibrid guruçni yetiştiriş 200 milliondan ziyod kişini boqiş imkonini beradi. 

Guruç sotuvga çiqişga ham ulgurdi, lekin uning narxi hozirça oddiy guruç bahosidan sakkiz karra yuqori. Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, u öziga xos ta'mga ega. Yangi mahsulotga mingdan ziyod kişi oldindan buyurtma bergan. Guruçni yetiştiriş huquqiga egalik qiluvçi Yuan Ce Biological Technology kompaniyasi 10 million yuan daromadga umid qilmoqda. 

Ekologik yer xöjaligi instituti direktori Yunnan Na Çjunyuan yangi navni hozirça "dengiz navi" deb atab bölmasligini ta'kidladi. "Dengiz suvi tarkibidagi tuzning örtaça miqdori 4 foizni taşkil qiladi, qirğoq suvlari şörligi esa 2 foizdan kam. Yangi guruç navi 6 foizli şör suvda yetiştirilgan", - deya izohladi mutaxassis. Uning sözlariga köra, bunday guruç yetiştirişni keng yölga qöyiş uçun qöşimça tadqiqotlar talab qilinadi.