"XXI asrga kelib ham noqonuniy mehnat bozorlari tugatilmagan. Bu bozorlarning paydo bölişi uzoq tarixga borib taqaladi va maqsadi - işçi kuçini arzon yoki tekinga ekspluatatsiya qiliş. Noqonuniy mehnat bozorlarini geografik jihatdan ikki turga böliş mumkin: taşqi va mahalliy mehnat bozorlari", deb yozadi Mirzo Subhonov özining blog-saytida.
Taşqi bozorlarga migrantlarimiz işlaşga borayotgan Rossiya, Janubiy Koreya, AQŞ, Qozoğiston va boşqa davlatlardagi noqonuniy mehnat bozorlari misol böla oladi. Bu noqonuniy bozorlarning faoliyat olib borişi, davlatlarning taşqi arzon işçi kuçiga ehtiyojmand ekanligi va köp hollarda mahalliy aholining past iş haqi evaziga işlaşdan boş tortayotganligidir.
Mahalliy noqonuniy mehnat bozorlariga - bizga taniş, ammo biz befarq bölgan öşa «mardikor bozorlar» kiradi.
Mardikor bozorlardagi yollanma işçilar – mardikorlar, ijtimoiy himoyalanmagan va oğir iş şaroitlarida işlaşga majbur. Ularga qonun bilan kafolatlangan mehnat şaroitlari yaratilmagan.
Mahalliy mardikor bozorlarni tugatişga nima xalaqit bermoqda?
Bozordagi yollanma işçilar asosan qişloq xöjaligi va quriliş sohasida faoliyat olib boradi va bu iş faoliyati asosan vaqtinçalik bandlik bilan boğliq. Işçilarni noqonuniy yollayotgan aybdor şaxslar javobgarlikka tortilmayotganligi sababli bu bozorlar tugatiliş örniga yanada rivojlanmoqda. Işçilarda esa tanlaş imkoniyati afsuski mavjud emas.
Mardikor bozorlarni tugatiş mumkinmi?
Bozor iqtisodiyoti şaroitida noqonuniy mehnat bozorlari faoliyatini tugatiş böyiça «autsorsing» (ing. out sourcing – «taşqi resurs») tuşunçasi kiritilgan.
Autsorsing – taşki mehnat resurslaridan vaqtinçalik foydalaniş.
Autsorsing xizmatini maxsus tuzilgan şirkatlar amalga oşiradi. Işçilar öz navbatida bu korxonada vaqtinçalik emas balki doimiy işga olinadi. Şirkatlar şartnoma asosida boşqa subektlariga vaqtinçalik yoki doimiy xizmat körsatadi.
Masalan:
Fermer xöjaligiga beş kunga çopiq uçun 50 ta işçi kuçi kerak. Beş kun uçun fermer doimiy ravişda 50 kişini işga ololmaydi, vaqtinçalik işga şartnoma orqali qonuniy işçi oliş esa vaqt va boşqa qöşimça resurslarni talab qiladi. Şuning uçun fermer noqonuniy ravişda vaqtinça 50 odam yollaşga majbur.











