Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Namangan viloyatida gulçilikni yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori e'lon qilindi.

Hujjat Namangan viloyatida gulçilikni rivojlantiriş, mahalliy va xorijiy gul navlarini parvarişlaş, zamonaviy landşaft va dizayn asosida gulzorlar taşkil etiş, gulçilik san'ati sir asrorlarini örganiş, ilğor mamlakatlar bilan tajriba almaşiş, aholi daromadlarini oşiriş, respublika va çet ellik turistlarni jalb etiş hamda Namangan şahrini gullar markaziga aylantiriş maqsadida qabul qilindi

Qaror bilan Namangan viloyati hokimligi va Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Namangan viloyati hokimligi huzurida davlat unitar korxonasi şaklidagi gulçilikni rivojlantiriş markazini (Markaz) hamda Namangan viloyatining tumanlarida Markazning filiallarini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.

Namangan viloyati hokimligi bir oy muddatda gulçilikni rivojlantiriş Markazi ustavini işlab çiqib, tasdiqlaydi.

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:

mahalliy tabiiy-iqlim şaroitlariga moslaştirilgan gullarning zamonaviy plantatsiyalarini yaratiş, şuningdek, gul yetiştirişning ilmiy asoslangan usullarini va resurslarni tejovçi texnologiyalarni keng joriy etiş;

viloyatda gul yetiştiriş hajmini köpaytiriş çoralarini köriş, mahsulotni sotiş bozorlarini kengaytiriş maqsadida marketing tadqiqotlarini olib boriş;

viloyat hududlarining tabiiy-iqlim şaroitlariga mos manzarali va buta gul nihollarini laboratoriya şaroitlarida yetiştirişni taşkil etiş;

innovatsiya texnologiyalarini gul yetiştiriş jarayoniga joriy qiliş uçun ilmiy-tadqiqot işlarini olib boriş;

gul köçatlarini parvariş qilişga jalb etiladigan mutaxassislarning maxsus tayyorlov kurslarida malakasini oşirilişini taşkil etiş.

Belgilab qöyilişiça, Markaz faoliyatini moliyalaştiriş mahalliy byudjyet mablağlari, gulçilik sohasida faoliyat körsatuvçi jismoniy va yuridik şaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan amalga oşiriladi.

Namangan viloyati hokimligi Özbekiston Respublikasi Qişloq va suv xöjaligi vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda: