Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2017 yil 19 oktabr kuni Özbekiston Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Şarqşunoslik instituti kutubxonasining yangi binosi qurilişi yakunlanişi haqidagi farmoyişni qabul qildi. U Ummon Sultonligi tomonidan binoda uşbu institutning şarq qölyozmalari noyob fondini joylaştiriş uçun beğaraz asosda taqdim etilgan texnik kömak mablağlari hisobidan qurilmoqda.
Vazirlar Mahkamasi Fanlar akademiyasi va Taşqi işlar vazirligining 2017 yil 2 noyabr kuni Institut yangi binosini rasmiy oçilişini ötkaziş töğrisidagi taklifini ma'qulladi.
Şuningdek, Institut yangi binosini qurişda iştirok etgan xorijiy va mahalliy taşkilotlar, şarq qölyozmalarini örganişga ixtisoslaşgan olimlar iştirokida «Yozma yodgorliklarni tadqiq qilişning dolzarb masalalari hamda zamonaviy uslublari» mavzusida xalqaro ilmiy anjuman ham ötkaziladi.












