Şaxmat böyiça jahon va Osiyo çempionatlari ğolibi, xalqaro şaxmat ustasi, 12 yoşli Javohir Sindorovga Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning sovğasi topşirildi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

ÖzAning yozişiça, tört yarim yoşidan şaxmat bilan muntazam şuğullanib kelayotgan Javohirning erişgan yutuqlariga jahonning yetakçi şaxmatçilari ham havas qiladi.

Jahon va Osiyo çempionati ğolibi, xalqaro şaxmat ustasi Javohir Sindorov Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan eng sönggi rusumdagi zamonaviy noutbuk (MacBook) bilan taqdirlandi.

«Prezidentimizning biz yoşlarga körsatayotgan ulkan e'tibor va ğamxörligidan minnatdormiz. Xalqaro maydonda erişayotgan ğalabalarimiz mamlakatimizda yoşlar uçun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaşga qaratilayotgan e'tibor tufaylidir. Prezidentimizning sovğasi meni yanada yuksak marralar sari ruhlantiradi, kelajakda xalqaro grossmeyster talabini bajarişimda yaqin kömakdoşim böladi», deydi yoş şaxmatçi.

Javohir Sindorov 2012 yil Hindistonda maktab öquvçilari örtasida ötkazilgan Osiyo çempionatida oltin va kumuş medallarga sazovor böldi. 2013 yil Eronda şaxmat böyiça 18 yoşgaça öğil-qizlar örtasida ötkazilgan Osiyo çempionatida kumuş medalni qölga kiritdi.

2014 yil Gretsiyada maktab öquvçilari örtasida şaxmatning rapid va blits yönalişlari böyiça ötkazilgan jahon çempionatida Javohir Sindorov biryöla ikkita oltin medalni qölga kiritdi. Braziliyada maktab öquvçilari örtasida ötkazilgan şaxmat böyiça jahon çempionatida ham oltin medalga sazovor böldi.

2015 yil Tailandning Pattayya şahrida şaxmat böyiça maktab öquvçilari örtasidagi jahon çempionatida yana şohsupaning eng yuqori poğonasiga kötarildi. 2016 yil Rossiyada ötkazilgan maktab öquvçilari örtasidagi jahon çempionatida kumuş medal bilan taqdirlandi.

2017 yilgi sport mavsumi ham Sindorov uçun muvaffaqiyatli bölmoqda. Javohir aprel oyida Toşkentda şaxmat böyiça 8—18 yoşgaça öğil-qizlar örtasida ötkazilgan Osiyo çempionatida ikkita oltin medalni qölga kiritdi.

Yaqinda Turkiyaning Antaliya şahrida ötgan Xalqaro şaxmat federatsiyasi – FIDE ning 88-Kongressida özbekistonlik yoş şaxmatçi Javohir Sindorovga xalqaro şaxmat ustasi unvoni berilgani e'lon qilindi.