Farğona viloyati Rişton tumanida istiqomat qiluvçi hunarmand Dilşod Boltaboyev iş joyining özida mö'jaz kutubxona yaratdi. Ijtimoiy tarmoqlarda Dima Qayum taxallusida ijod qiluvçi peçkaçi hazilomuz gaplari va qoçirimli sözlari bilan barçaga yaxşi taniş.
U özining sahifasi orqali bozor hududida, ya'ni iş joyida xalq kutubxonasini taşkil qilişini, xayrli tadbirga qöşilişni istaganlar unga bosma naşrlarni yuborib, xalq kutubxonasini boyitişga öz hissasini qöşişi mumkinligini bildirgandi. Oradan uzoq vaqt ötmasdan, u 300dan ortiq kitobni jamlagan "Roşidoniy” nomidagi xalq kutubxonasini oçganini ma'lum qildi.

Ijtimoiy tarmoqda boşlangan tadbir amaliy jihatdan çiroyli yeçimga ega böldi, deb aytilsa böladi. “Roşidoniy” xalq kutubxonasiga hissa qöşmoqçi bölsangiz, quyidagi manzilga murojaat qiling:
Farğona viloyati, Rişton tumani, Miskin MFY, Ehtirom köçasi, 23 uy.
Indeks: 150300. Dilşod Boltaboyevga.
Telefon (Telegram): +998905603300.












