Barselona meri Ada Kolau Ispaniya vazirlar kengaşining Kataloniyaga nisbatan konstitutsiyaning 155-moddasini qöllaş qarorini barça fuqarolar huquqlari va erkinliklariga hujum deb atadi. U bu haqda tvitterda aytib ötdi. 

Kolauning yozişiça, "Raxoy köpçilik kuraş olib borgan Kataloniyaning özini boşqariş huquqini töxtatdi".  

Ispaniya vazirlar kengaşi 21 oktabrda Kataloniya muxtoriyatini töxtatişga imkon beruvçi Ispaniya konstitutsiyasining 155-moddasini qöllaş qarorini qabul qildi. Ispaniya boş vaziri "markaziy hukumat Kataloniya muxtoriyatini çeklaşga imkon beruvçi moddani qöllaşni istamaganini" aytib ötdi. Uning qöşimça qilişiça, "Kataloniyada muxtoriyat çeklanmaydi, biroq qonun doirasidan çiqqan muxtoriyat hukumati çetlaştiriladi".   

Raxoyning aytişiça, Ispaniya vazirlar kengaşi senatdan Kataloniya hukumati raisi, rais örinbosari va qolgan maslahatçilarni öz lavozimlaridan çetlatişga ruxsat berişni söraydi. Boş vazir Kataloniyada "vaziyat normallaşişi bilan" saylovlar ötkazilişini e'lon qildi. "Muddat eng köpi bilan 6 oy", deb aytgan Raxoy.

Kataloniyada 1 oktabrda mustaqillik referendumi ötkazildi. Bu referendum Ispaniya hukumati va konstitutsiyaviy sudi tomondan noqonuniy deb topilgan.