Yaqin kelajakda robot-poçtaçilar inson poçtaçilar ortidan izma-iz yurib, maktub, gazeta va jönatmalardan iborat 150 kg gaça yukni olib yuradi, deb yozmoqda New Atlas.
Jönatmalarni yetkaziş xizmati kelajagi haqida öylanganda, birinçi bölib öyimizga uçar dronlar keladi. Dunyodagi eng yirik poçta kompaniyalaridan biri DHL’ning fikriça, bunda robotlar katta rol öynaşi mumkin. Nemis kompaniyasi bu maqsadda robot-poçtaçini sinovdan ötkaza boşladi. Bu robot poçta xizmatlari xodimlarini oğir sumkalar kötarib yuriş zaruratidan xalos etadi va ularga maktub va jönatmalarni tezroq yetkazişga imkon beradi.

Sinov doirasida elektr poçta robotlari yaqin 6 hafta içida Germaniya köçalarida faoliyat körsatadi. Robot-poçtaçi 150 sm balandlikka ega, ğildiraklarda harakatlanuvçi konteyner körinişida bölib, soatiga 6 km tezlik bilan harakatlana oladi, bu tezlik odam qadamiga mosdir. Robot 150 kg poçta olib yura oladi. Datçiklar töplami robotga yöldagi tösiqlarni çetlab ötişga yordam beradi. Qurilmaning asosiy vazifasi inson poçtaçi ortidan harakatlaniş hisoblanadi.

"Biz xodimlarimiz keksayib qolganlarida ham bu jismonan oğir işni bajara olişlarini istaymiz. Ularning mehnatini yengillaştiriş uçun biz poçtani yetkaziş uçun elektrobayklar qöllamoqdamiz, hozir esa robototexnika sohasidagi qaysi innovatsiyalar bizga yordam berişi mumkinligi haqida fikr yuritmoqdamiz. Poçta robotlari bilan tajriba biz kelgusida qaysi yönaliş böyiça ketişimizni tuşunişimizga imkon beradi", deb tuşuntirdi Deutsche Post DHL Group vakili Yurgen Gerdes.
Kompaniya ançadan beri poçta jönatmalarini yetkazişning innovatsion metodlarini sinovdan ötkazib keladi. DHL bungaça Parcelcopter dronini sinovdan ötkazgan va haydovçisiz poçta avtomobillari loyihasini boşlamoqda.












