Germaniyaning DHL logistika konserni yuk samolyotining 25 noyabr kuni Vilnyusga qattiq qönişi sababi taşqi aralaşuv bilan boğliq emas. Bu haqda 20 dekabr, juma kuni parvoz ma’lumotlarini qayd qiluvçi va registrator ma’lumotlarini örgangan Litva tergov organlarining xulosalariga tayanib, dpa agentligi xabar berdi.

«Parvoz ma’lumotlarini yozib oluvçi va ovoz yoziş moslamasidan olingan ma’lumotlarning dastlabki tahlili havo qatnoviga noqonuniy aralaşuvni aniqlamadi», — deyiladi Litva Adliya vazirligi va Vilnyusdagi Boş prokuratura bayonotida. Ta’kidlanişiça, uşbu tahlil hozirda mavjud tergov xulosalarini tasdiqlaydi.

Litva diversiya belgilarini körmayapti

Litva DHL yuk samolyoti halokatiga diversiya sabab bölganligi haqida heç qanday ma’lumot topmadi va texnik muammolarni köproq tuşuntiriş deb hisoblaydi, deya xabar qildi 27 noyabr kuni rasmiy şaxslar. «Hozirda bizda bor narsalarni inobatga oladigan bölsak, bu qöporuvçilik bölişi mumkinligiga işoniş uçun asos yöq», — deya Litva mudofaa vaziri Laurinas Kasçyunasning sözlaridan iqtibos keltirgan Reuters.

Uning sözlariga köra, vizual tahlillar qönayotgan samolyotga heç qanday taşqi ta’sir körsatilmaganini körsatdi, omon qolgan ekipaj a’zolari bilan suhbatlar esa falokatdan oldin bortda heç qanday tartibsizlik yoki bezovtalik bölmaganini, tutun va hid qayd etilmaganini aniqlaştirgan.

Inqirozlarni boşqariş milliy markazi rahbari Vilmantas Vitkauskasning aytişiça, tergovçilar hamon hodisaning texnik sababini izlamoqda. «Agar biz köproq ma’lumot olsak, yönalişni özgartirişimiz mumkin, ammo hozir bizda u yöq», dedi u jurnalistlarga.