Litva DHL yuk samolyoti halokatiga diversiya sabab bölganligi haqida heç qanday ma’lumot topmadi va texnik muammolarni köproq tuşuntiriş deb hisoblaydi, deya xabar qildi 27 noyabr, çorşanba kuni rasmiy şaxslar. «Hozirda bizda bor narsalarni inobatga oladigan bölsak, bu qöporuvçilik bölişi mumkinligiga işoniş uçun asos yöq», — deya Litva mudofaa vaziri Laurinas Kasçyunasning sözlaridan iqtibos keltirgan Reuters.

Uning sözlariga köra, vizual tahlillar qönayotgan samolyotga heç qanday taşqi ta’sir körsatilmaganini körsatdi, omon qolgan ekipaj a’zolari bilan suhbatlar esa falokatdan oldin bortda heç qanday tartibsizlik yoki bezovtalik bölmaganini, tutun va hid qayd etilmaganini aniqlaştirgan.

Inqirozlarni boşqariş milliy markazi rahbari Vilmantas Vitkauskasning aytişiça, tergovçilar hamon hodisaning texnik sababini izlamoqda. «Agar biz köproq ma’lumot olsak, yönalişni özgartirişimiz mumkin, ammo hozir bizda u yöq», dedi u jurnalistlarga.

DHL reysi qulaşi: Berbok «gibrid hodisani» istisno etmayapti

Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok Germaniyaning DHL logistika konserni yuk samolyotining Vilnyusda qulaşi va bir kişining ölimiga sabab bölgan vaziyatda «gibrid hodisa» haqida gapiriş mumkinligini istisno qilmadi. Germaniya taşqi işlar vazirligi rahbarining 25 noyabr kuni aytgan sözlarini Reuters agentligi keltirdi.

«Biz — litvalik va ispaniyalik hamkorlarimiz bilan birgalikda bu baxtsiz hodisami yoki [...] boşqa gibrid voqeami, hozir qanday notinç vaqtlarda yaşayotganimizni körsatişimiz kerak», — deya ta’kidladi Berbok.

«Germaniya hukumati Litva rasmiylari bilan nima bölganini tuşuniş uçun juda yaqin hamkorlik qilmoqda», deya qöşimça qildi u.