Germaniyada 2017 yilning yanvaridan boşlab terrorizm bilan boğliq 900 iş qözğatildi. Ularning aksariyati - 800ga yaqini islom dini bilan niqoblangan jinoiy işlar, qolgani esa - çap yoki öng radikal asosga ega. Bu haqida Germaniyaning Die Welt gazetasi mamlakat Boş prokuraturasiga asoslanib xabar berdi.
Şuningdek mamlakatda statistikaning sezilarli darajada oşişi kuzatilgan - 2016 yilda GFRda terroristik faoliyatga doir 250 iş qözğatilgan.
"Adliya organlari islomni niqob qilganlarga jazo belgilaş uçun turli huquqiy imkoniyatlarga ega, - dedi Germaniya liberal-demokratik partiyasining rais örinbosari Volfgang Kubikki. - Biroq adliya organlarining juda bandligi sabab bizga ham prokuratura organlarida, ham sudlarda köproq xodimlar talab qilinadi. Agar ekstremistlar Germaniya fuqarosi bölmasa, ularni mamlakatdan deportatsiya qiliş majburiy çora bölişi kerak".











