Massaçusets texnologiyalar institutining (MIT) yuzdan ortiq bitiruvçisi sinov loyihasi doirasida bitkoin blokçeynidan foydalangan holda çiqarilgan raqamli diplomlarni olişdi, deya xabar bermoqda CoinDesk.
Diplomlarning «tasdiqlangan» va «soxtalaştirişdan himoyalangan» raqamli versiyasini çiqariş uçun Blockcerts Wallet ilovasi işlatilgan. Sinov loyihasida ötgan yili Massaçusetts texnologiyalar institutining Media Lab laboratoriyasi bilan hamkorlikda Blockcerts oçiq standartini işlab çiqişda iştirok etgan Learning Machine softver kompaniyasi ham qatnaşdi.
«Odamlar institut öz faoliyatini töxtatsa ham, saqlanuvçi rasmiy ma'lumotlardan foydalanişlari mumkin böladi», - deya ta'kidlab ötdi Learning Machine boş ijroçi direktori Kris Jagers.
Ta'kidlanişiça, diplomning özi blokçeynda saqlanmaydi – tizimda MIT ma'lum bir sertifikatga raqamli yozuv yaratganini körsatuvçi vaqt belgisi böladi, xolos. Şu bilan birga, bu ma'lumotlar universitet bitiruvçilari kelajakda öz diplomlari borligini tasdiqlaşlari uçun yetarlidir.












