AQŞning Goldman Sachs banki avgustda neft magnati Uilyam Kallopdan qarzi uçun tortib olingan Natita yaxtasiga xaridor topdi. Bu haqda The Wall Street Journal naşri xabar bermoqda. Avval bu yaxta rossiyalik milliarder Alişer Usmonovga tegişli bölgan.
Naşr xaridor ismini keltirmay, faqatgina u Maltada yaşaşini ma'lum qilgan. Bank xaridorga ançagina çegirma bergan: 60 mln dollar turgan yaxta 27,5 mln dollarga sotilgan. Biroq bu Kallopning bank oldidagi barça qarzini qoplaydi. Bu qarz esa 28 mln dollarni taşkil qiladi. Bank şuningdek yaxtani saqlaş uçun 438 ming dollar miqdorida xarajat qilişiga töğri kelgan.
Natita kruiz yaxtasi 2006 yil Niderlandiyada Oceanco firmasi tomondan barpo etilgan. Yaxta uzunligi 66 metrni, eni 12,12 metrni taşkil qiladi. U 12 kişiga möljallangan. Usmonov an'anaga köra, yaxtani onasi ismi bilan atagan. Şu tariqa Dilbar nomini olgan yaxta keyinçalik Natita deb qayta nomlangan.
Kallop bu yaxtani Usmonovdan 59,9 mln dollarga xarid qilgandi.











