Angliyada qurollangan ekrak Uorkşir grafligining Naniton şahridagi savdo-köngiloçar markazi binosida odamlarni garovga oldi. Bu haqda Sky News telekanali voqea guvohiga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda. 

Uning ma'lum qilişiça, köngiloçar markaz joylaşgan hudud politsiya tomondan qurşab olingan. Politsiyaçilardan biri qurollangan bir erkak boulingda 3 kişini garovga olganini aytgan.

Yana bir guvohning ma'lum qilişiça, politsiya bouling-klub yonidagi restoranni yopib qöygan va u yerdagi odamlarga yaqin soatlar içida taşqariga çiqişni taqiqlab qöygan.

Coventry Telegraph’ning ma'lum qilişiça, voqea joyiga tez yordam maşinalari, politsiya zirhli avtomobili yetib kelgan. Jinoyatçi öz istaklari jiddiyligini bildiriş maqsadida garovga olinganlardan birini oyna oldiga olib kelgan. 

Şahar politsiyasining tvitterdagi sahifasida garovga olinganlar haqida heç narsa aytilmay, odamlarga bu hududda paydo bölmaslik tavsiya qilingan.