AQŞ oziq-ovqat va tibbiy mahsulotlar sifatini sanitar nazorat qiluvçi boşqarmasi (FDA) 5 daqiqada allergiyaga test ötkazuvçi abioSCOPE uskunasidan foydalanişni tasdiqladi. 

Uskuna Lozannadagi Şveytsariya federal texnologiyalar instituti olimlari tomonidan işlab çiqilgan. AbioSCOPE uskunasini işlab çiqişga 7 yil ketdi. Tadqiqotçilar uni "dunyodagi eng tezkor allergiya testi" deb ataşmoqda. Olimlar qurilma bilan birga undan foydalaniş platformasini ham işlab çiqişdi, testlar uçun bir martalik kapsulalar ham şular jumlasidandir. 

AbioScope qonni reagent bilan aralaştiradi. Şundan söng aralaşmani DVD-diskka öxşaş plataga joylanadi va qurilma murakkab molekulyar manipulyatsiyalarini ötkazadi. Ilk natijalar test boşlangandan 5 daqiqa keyin ekranda paydo böladi, töliq natijalar esa - yana 3 daqiqadan söng. 

Hozirça abioSSOPE allergiyaning faqat tört turi bilan işlay oladi: it va muşuklarga, ötlar va daraxtlar ajralmalariga. Unda allergiyani aniqlaş uçun bir tomçi qonning özi yetarli. 

FDA tasdiğidan ötgandan söng, 2018 yildan AQŞda abioSCOPE'dan  foydalaniş boşlanişi mumkin.