Amerikaning Tesla elektromobillar işlab çiqaruvçisi Xitoyning Şanghay şahrida öz korxonasini quriş niyatida. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi rejadan boxabar manbalarga asosan xabar bermoqda.
Naşr ma'lumotlariga köra, kelişuv Xitoyning xorijiy avtomobillar işlab çiqaruvçisi bilan birinçi şunday bitimi böladi.
Gazeta manbalarining sözlariga köra, erkin savdo zonasi hududida tölaqonli işlab çiqariş korxonasi quriladi hamda kompaniya mahalliy hokimiyat bilan bu borada bir qarorga kelgan.
Şu bilan birga, korxona töliq Tesla’ga tegişli böladi. WSJ’dan ta'kidlaşlariça, yangi zavod Tesla’ga mintaqada maşinalar eksporti uçun asos yaratib beradi.












