Qatarning asosiy fond indeksi QE Index 23 oktabrdagi savdolar vaqtida 0,5 foizga kamayib, 8117,41 punktgaça tuşib ketdi. "Interfaks" axborot agentligining ma'lum qilişiça, bu körsatkiç 2011 yil avgustidan beri eng minimal qiymat böldi.
Aktsiyalar bozori 4 ta arab davlati Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzişini ma'lum qilgan iyun oyidan beri pasaymoqda. Diplomatik blokada boşidan beri QE Index dollar qiymatida 18 foizga, yil boşidan esa 25 foizga va milliy valyuta qiymatida 22,2 foizga kamaygan.
Qatar va u bilan aloqalarni uzgan davlatlar örtasidagi mojaroni hozirça hal qilib bölmayapti. AQŞ davlat kotibi Reks Tillerson Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon bilan suhbatdan keyin, Saudiya Arabistoni Qatar bilan hozirça muloqotga tayyormasligini ma'lum qilgan.
Qatarni boykot qilayotgan davlatlar u bilan savdo va transport şartnomalarini bekor qilişgan. Moody's Investors Service’ning baholaşiça, Qatar diplomatik mojaro tufayli iyun-iyulda iqtisodiyoti va moliyaviy tizimini qöllab-quvvatlaş uçun 40 mlrd dollar kiritişiga töğri kelgan.

















