"Özgidromet" markazi 24 oktabrda Özbekiston böylab tezligi 12-17 metr/soniyani taşkil qiluvçi şamol bölişini prognoz qilmoqda. Bir hafta oldin Toşkent şahri va Buxoro viloyatida kuzatilgan kuçli şamol vaqtida şamol tezligi 32 metr/soniyaga yetgandi. Bu şamol vaqtida turar joy va ma'muriy binolar tomlariga, avtomobillarga şikast yetdi, poytaxtning ba'zi hududlarida elektr uzatiş liniyalari uzilib ketdi, yöllarda tirbandliklar yuzaga keldi.
Quyida kuçli şamol vaqtida özingizni va mulkingizni saqlaşga yordam beruvçi körsatmalar berilgan.
Kuçli şamol uydaligingizda kuzatilayotgan bölsa
Birinçi navbatda, eşik, deraza, çordoq va ventilyatsiya lyuklarini yaxşilab yopiş kerak. Derazalar oldida turmang, şamol oynani sindirib, jarohat olişingizga olib kelişi mumkin. Balkon va deraza tokçalaridan, hovlida yoki tomdagi buyumlarni olib qöying. Olib bölmaydigan buyumlarni mahkamlab qöying.
Elektr asboblarini öçiring va vilkalarini rozetkadan çiqarib qöying, çunki şamol vaqtida elektr tarmoqda kuçlaniş sakraşi yuz berişi, bu esa yonğinga olib kelişi mumkin.
Uydan çiqmaslikka harakat qiling, bolalaringizni uyda qarovsiz qoldirmang.
Şamol vaqtida köçada bölsangiz nima qiliş kerak?
Biror yopiq joy toping, bu metro stansiyasi, yertölalar, tunnellar, yer osti ötiş joylari yoki mustahkam bino bölişi mumkin.
Daraxtlar, reklama şitlari yoki omonat tösiqlar ostida turmang, ular kuçli şamol vaqtida qulaşi mumkin.
Elektr uzatiş liniyalari yoki şikastlangan binolardan uzoqroqda turing. Şifer, oyna va boşqa buyumlarning uçayotgan bölaklaridan himoyalaning. Bunda karton qutilari, faner listlari, ya'ni topa olgan istalgan mos vositalardan foydalaning.
Oçiq joyda qanday himoyalaniş kerak?
Bunda asosiy qoida baland, ayniqsa yakka turgan daraxt ostiga yaşirinmang. Öra, zovur yoki jarlikda berkinib, yerga yotib oling.
Oçiq joyda yöl çetidagi ariqlar, temir yöl kötarmalari, jarlar şamol tözğitgan çiqindi, qum va çangdan himoyalanişga yordam beradi.












