Kanadadagi Makgil Universiteti va HRL Laboratories tadqiqotçilari örganiş qobiliyatini oşiradigan qurilma işlab çiqdilar. Bu haqda DailyMail naşri xabar bermoqda.

Miyaning elektr stimulyatorini yaratiş AQŞ Mudofaa vazirligining istiqbollari tadqiqot loyihalari boşqarmasi tomonidan moliyalaştirildi.

Qurilmada miya katta yarim şarlaridagi xotira, e'tibor va qaror qabul qiliş kabi funksiyalarga javob beradigan prefrontal qobiğiga ta'sir qiluvçi doimiy tokdan foydalaniladi. Işlanmani qöllaş miyaning turli sohalari orasidagi aloqani oşiradi, bu esa tezroq örganişga yordam beradi. Elektrodlar jarrohlik usullarisiz boşga biriktiriladi.

Qurilma makakalarda sinovdan ötkazildi, ular vizual belgilar yordamida ovqat joylaşgan yerni aniqlaşlari kerak bölgan. Hayvonlarga belgilar va oziq örtasidagi aloqani aniqlaşni örganiş uçun 22 ta uriniş kerak böldi. Biroq, doimiy tok qöllanilganidan söng, ular buni 12 urinişda uddalaşdi.

Tadqiqotçilarning umid bildirişiça, ularning usullari ma'qullanadi va faol tarzda, jumladan qurolli kuçlar tomonidan ham qöllaniladi.