25 oktabr kuni Toshkent shahrida Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekistonning Oliy sud raislari o‘n ikkinchi Yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqida TIV saytida xabar berildi.
Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a'zo davlatlar delegatsiyalari ShHT doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlashning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashishadi.
Yig‘ilish yakunida Qo‘shma bayonot imzolanishi kutilmoqda.















